REKTIFIKATSIYA JARAYONLARINI OPTIMAL BOSHQARISH AYRIM USULLARI

Authors

  • Sultanov Ildar Rafkatovich Andijon mashinasozlik instituti-doktorant

Abstract

Artyuxov V.G., Gareev G.A., Politanskiy Y.V. sivush moyidan yuqori sifatli toza izoamil, izobutil va normal propil spirtlarni olishni takidlaganlar va o‘zlarining ishlari bo‘yicha patentlarga ega bo‘lgan. Sivush moyini avval yuqori distillangan bo‘lishini ta’minlash uchun tozalanadi, keyin suvsizlantiriladi (suvsiz mahsulotdagi qolgan suv 0,09% dan oshmasligi kerak), bu esa uzluksiz algoritm bo‘yicha fraksiyalarga ajratishni amalga oshirishga imkon beradi. Sivush moyini bir qator aralashmalardan (kislota, efir, aldegid, azotli, oltingugurtli birikmalar, piridin va boshqa aralashmalar) tozalash uchun u qizdirish reaktorlarida ishqor bilan so‘ng bug‘ distillyati bilan ishlov beriladi. Ishqoriy ishlovdan va haydashdan keyin shaffof, turli suspenziyalar bilan ifloslanganmagan sivush moyi kislotalarsiz, aldegidlarsiz, to‘yinmagan spirtlar 100 g. mahsulotga 0,01 g. brom miqdori bo‘yicha aniqlandi.

Downloads

Published

2023-11-05