NANOTEXNOLOGIYALARNING FAN VA TEXNIKA TARAQQIYOTIDAGI O’RNI

Authors

  • Jasurbek Xolmirzaеv Andijon mashinasozlik instituti “MEM” kafedrasi

Abstract

XXI asrga kelib fan – texnikada shunday katta yutuqlarga erishildiki, bu insonlar uchun zarur bo’lgan yangi ehtiyojlarni paydo bo’lishiga olib keldi. Ehtiyojlarni qondirishda avvalo xom ashyo ta’minoti va unga sarflanadigan mablag’lar, bu xom ashyo asosida yaratilgan asbob – uskunalarning o’ta aniqlik bilan ishlashi juda muhim ekanligi davr talabiga aylandi. Bu esa yangi nanofan sohalarini jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Xususan, nanotexnologiya, nanomateriallar, nanoqurilmalar, nanoelektronika, nanofotonika, nanosensorika, nanomedisina va boshqa sohalarning shiddat bilan rivojlanishi, qolaversa keyingi yillarda “nano”, “nanotexnologiya”, “nanomateriallar” kabi atamalar, shu atamalarga bog’liq qurilmalar yoki yangi yaratilayotgan materiallar fan-texnika yangiliklarida ko’p ishlatila boshlanganidan ko’rish mumkin.

Downloads

Published

2023-11-05