PAXTA XOM-ASHYOSINI SIFATINI INTELEKTUAL NAZORAT QILISHDA NAMLIK ME’YORINI TADQIQ QILISH

Authors

  • X. Asranov
  • Ubaydullayev Ziynatullo

Keywords:

Delmhorst, AquaBoy, Granberry, USDA-ARS, Entoni, Strict Low Middling

Abstract

Paxta xom ashyosini uni qayta ishlashning uzluksiz jarayonining boshida quritish, paxta xom ashyosining namligini texnologik reglamentda tavsiya etilgan qiymatlarga kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, unga erishish natijasida keyingi tozalash uskunalarining ishonchli va samarali ishlashi ta’minlanadi. Shuning uchun paxta xomashyosini quritish - texnologik jarayonning asosiy va zarur operatsiyalaridan biridir. Paxta materiallarni quritishning ko‘plab ma’lum usullari mavjud. Xom paxtani quritish uchun hozirgi vaqtda asosan konvektiv usul qo‘llaniladi, bunda xom paxta tabiiy gaz yoki boshqa yoqilg‘ining issiqlik generatorida atmosfera havosi yoki uning aralashmasi yonish mahsulotlari bilan isitiladi. Konvektiv usul ham paxta xomashyosining mahalliy, ham chet el qurituvchilarida qo‘llaniladi.

Downloads

Published

2024-05-02

How to Cite

X. Asranov, & Ubaydullayev Ziynatullo. (2024). PAXTA XOM-ASHYOSINI SIFATINI INTELEKTUAL NAZORAT QILISHDA NAMLIK ME’YORINI TADQIQ QILISH. FAN, JAMIYAT VA INNOVATSIYALAR, 1(9), 16–19. Retrieved from http://michascience.com/index.php/fji/article/view/217